Foto: Shutterstock
Quruq, uzoq davom etadigan va tunda xuruj qiladigan yo‘tal faqatgina shamollashning alomati hisoblanmaydi. Uning sababini shifokor tekshiruvi asosida aniqlash mumkin. Ammo doim ham o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilishning imkoni bo‘lmaydi. Shunday vaqtda quyidagi tavsiyalar quruq yo‘talni yengillashtirishga va ko‘rikka qadar umumiy ahvolni yaxshilashga yordam beradi.
Uy sharoitida quruq yo‘talni to‘xtatish usullari
Yo‘tal aslida organizmning himoya reaksiyasi bo‘lib, uni to‘xtatish kerak emas. Aslida balg‘am ko‘chishi orqali shamollash sekin-asta ortga qaytadi. Biroq xuruj qiladigan va o‘ta quruq yo‘tal bemorga ko‘plab noqulaylik tug‘diradi. Shu sababli quruq yo‘talga bunday qoida amal qilmaydi va uni bartaraf etish lozim bo‘ladi. Xalq tabobatida quyidagi usullar mavjud:
- ko‘krak qafasini uqalash;
- bug‘li ingalyatsiya;
- dorivor o‘simliklardan tayyorlangan damlama va suyuqliklar.
Ingalyatsiya ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Qaynatilgan kartoshka, propolis, efir moyi yoki evkalipt barglaridan foydalanish kutilgan samara beradi. Suyuqlik yoki massa shilliq qavatlarni kuydirib qo‘ymasligi uchun haddan tashqari qaynoq bo‘lmasligi lozim. Ingalyatsiyani oddiy yoki tuzli suv bilan ham qilish mumkin.
Yo‘tal turlari
Yo‘tal ikki xil turda: quruq va nam bo‘ladi. Quruq yo‘talda bemor ko‘proq qiynaladi. Quruq yo‘tal ko‘krak qafasida og‘riq, terlash, nafas olishda qiynalish va tomoq og‘rig‘ini keltirib chiqaradi, ko‘pincha uzoq vaqt davolanishni talab etadi. Nam yo‘tal, aksincha, bronxlardan balg‘am ajralishi tufayli tezroq tuzaladi.
Shuningdek, yo‘talning davomiyligi davriy va doimiydir. Davriy yo‘tal shamollash, bronxit, o‘tkir respirator infeksiyalar va boshqa shu kabi yuqumli kasalliklar uchun xosdir. Doimiy yo‘tal esa jiddiy kasallik alomati hisoblanadi.
Tunda quruq yo‘tal xuruj qilsa nima qilish lozim?
Foto: Teapravda.com
Kungaboqar yog‘idan ichimlik: 150 ml qaynoq suv, 2 osh qoshiq kungaboqar yog‘i, ta’bga ko‘ra tuz. Hammasini aralashtiring va iliq holda sekin-asta iching.
Gogol-mogol: mazkur shirinlik uchun bitta tuxum sarig‘i, 1 osh qoshiq suyultirilgan asal, 1 osh qoshiq sariyog‘ va bir stakan sut kerak. Birinchi bo‘lib tuxum sarig‘ini yaxshilab aralashtirib, unga sut qo‘shing va aralashtirishda davom eting. Keyin sariyog‘ va asal soling. Aralashmani qaynoq holda iching.
Zanjabil va asal: Zanjabil ildizining bir bo‘lagini maydalang. Bir stakan qaynagan suvga maydalangan zanjabil va bir oz asal solib, aralashtirib iching.
Yo‘talni kamaytirish uchun yostiqni baland qilib qo‘ying va xonada toza, salqin va nam havo almashib turishini ta’minlang.
Quruq yo‘talda tomoq og‘rig‘i ham kuchaysa nima qilish kerak?
Burunni tuzli suvda chayish, ko‘proq suyuqlik ichish, xonadagi havoni nam sochiqlar bilan namlantirish kabi tavsiyalar tomoq og‘rig‘ini yengillashtirishda yordam beradi. Tuzli suv og‘iz va burun bo‘shlig‘idagi virusning chiqib ketishini, nam havo esa balg‘am tezroq hosil bo‘lishi va ko‘chishini ta’minlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”