07:22 / 24.04.2024
369

Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi

Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi
Tromb bu organizning tomir yoki yurak bo‘shlig‘ida ivib qolgan qondir. Qonning ivishi aslida tabiiy jarayon bo‘lib, to‘qimalar shikastlanganda teri yoki organlar tezroq bitishi uchun kerak bo‘ladi. Ammo ba’zida keraksiz paytda ham tomirlarda qon quyqalari paydo bo‘lishi va tromb hosil qilishi mumkin. Bunday holat o‘rta yoshdan katta insonlarda ko‘p uchraydi va jiddiy kasalliklarga olib keladi.

Foto: Dzen
Qon tomirlarda hosil bo‘lgan tromb uzilib, o‘pkaga yetib kelishi va tromboemboliyaga olib kelishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, hayot uchun zarur organlarga kislorod yetib bormasligiga sabab bo‘ladi va holat ayanchli yakun topadi.

Organizmda tromb borligi doim ham tashqi tomondan namoyon bo‘lavermaydi, biroq bir nechta alomatlar borki, ular tromb shakllana boshlaganidan darak beradi.

Organizmda tromb mavjudligining belgilari

Foto: Healthissues
Qo‘l va oyoqlarda og‘riq
Oyoqlarni bukkanda, yurganda spazmga o‘xshash og‘riqlarning paydo bo‘lishi, og‘riqli qismda terining issiq turishi va rangining oqarishi tromb hosil bo‘lganidan darak berishi mumkin.

Oyoq yoki qo‘llardagi shish
Qon quyqalari oyoq-qo‘llardagi qon oqimini to‘sib qo‘yishi va shishishni keltirib chiqarishi mumkin.

Terining ko‘karishi
Oyoqlarda tromb hosil bo‘lsa, uning boldir qismida shish va ko‘karish paydo bo‘ladi, tegib ko‘rganda og‘riydi.

Terining qizarishi
Tananing biror qismida shish bilan birga qizarish va issiqlik kuzatilsa ham, trombdan bo‘lishi mumkin.

Sababsiz yo‘tal
O‘z-o‘zidan quruq yo‘talning paydo bo‘lishi, nafas olish tezlashishi, kislorod yetishmasligi va yurak urishining tezlashishi ham tromb alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin.

Ko‘krak qafasida to‘satdan og‘riq paydo bo‘lishi

Foto: Lisa.ru
Yurakda birdan kuchli og‘riq paydo bo‘lishi yurak xurujiga o‘xshab ketadi. Ba’zida esa bu o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi ham bo‘lishi mumkin. Og‘riq yurakda, chap qo‘lda, yelka va uning orqa qismida va hatto bo‘yin bilan jag‘da kuzatiladi.

Yurak urishining tezlashishi
Tanaga kislorod yetishmaganda yurak tezroq uradi va bemor o‘z-o‘zidan chuqur nafas ola boshlaydi.

Nafas qisilishi
O‘pkada hosil bo‘lgan qon quyqasi unga kislorod yetib bormasligiga sabab bo‘ladi va bemorda bo‘g‘ilishga o‘xshash holatlar kuzatiladi. Zinapoyadan chiqishda juda qiynaladigan va havo yetishmay qoladigan insonlarda tromb mavjud bo‘lish ehtimoli yuqori.

Kam harakatlik va zaiflik
New England Journal of Medicine jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘pka arteriyasidagi emboliya asosan yoshi kattalar va qariyalarda ko‘p kuzatilgan. Shifoxonaga hushidan ketish sababli olib kelingan insonlarning 17 foiz qismiga emboliya tashxisi qo‘yilgan.

Bosh aylanishi
Bosh miya qon tomirlaridagi kislorod miqdoriga o‘ta ta’sirchan bo‘ladi. Tromb tufayli yuzaga kelgan bosh aylanishiga qonda kislorod yetishmagani va o‘pkada hosil bo‘lgan kimyoviy moddalar sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi