Vazirlar Mahkamasining 9 sentyabrdagi qarori bilan 2016−2018 yillarda Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.
Dasturda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirish, yangi sanoat korxonalari quvvatlarini barpo etish, ishlayotganlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, muhandislik-kommunikasiya va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish, xom ashyo bazasini yanada taraqqiy ettirish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, 2019 yilga qadar poytaxt viloyatida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni 33,4 foizga oshirish belgilangan.
Hujjatda Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyi Chirchiq, Parkent, Yuqori Chirchiq va Chinoz tumanlarida sanoatlashish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriq keltirib o‘tilgan.
Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyi Chirchiq va Parkent tumanlarida mahalliy byudjetlarning daromat bazasini yanada kengaytirish yo‘li bilan respublika byudjetidan olinadigan subvensiyalar ulushini kamaytirish bo‘yicha maxsus «yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...