O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik Kodeksi va Jinoyat Kodeksi yangi moddalar bilan to‘ldirildi. O‘zgartirishlar shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi me’yorlarni ko‘zda tutadi. Kodekslarga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan. Bu haqda "Kun" nashri «Xalq so‘zi» va «Narodnoe slovo» gazetalariga asoslanib xabar bergan.
Tuzatishlar 24 sentyabrdan boshlab kuchga kirdi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksining 46-moddasiga ko‘ra, fuqaroning shaxsiy hayoti haqida ma’lumot to‘plash, uning shaxsiy yoki oila siri bo‘lgan ma’lumotlarni uning roziligisiz tarqatish eng kam ish haqining 10 baravardan 40 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat Kodeksining 141-moddasiga muvofiq, xuddi shunday harakatlar eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq jazosi bilan jazolashga sabab bo‘ladi.
Og‘ir oqibatlarga olib kelgan, g‘arazli maqsadda yoki xavfli residivist tomonidan amalga oshirilgan shunday harakatlar uchun eng kam ish haqining 100 dan 200 barobarigacha jarima yo 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish choralari qo‘llaniladi.
Shunday harakatlarni sodir etgan shaxs aybiga iqror bo‘lib, jabrdiyda bilan yarashgan va etkazilgan zararni qoplagan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi