O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kiritish hamda mahbuslarni qamoqdan chiqarib berish va’dasi bilan fuqarolardan juda katta miqdorda xorij valyutasi olib, ularni chuv tushirgan firibgar ushlandi, deyiladi Diydoraziz.uz xabarida.
“Huquq” nashri xabariga ko‘ra, ismi oshkor etilmagan firibgar Toshkent davlat yuridik universitetiga kiritish uchun 18 ming, O‘zbekiston Milliy universitetiga kiritish uchun 6000, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga kiritish uchun 5000, Samarqand davlat universitetiga kiritish uchun 3000 dollar pul olgan. Shuningdek, u bosqinchilik ayblangan fuqaroni qamoqdan chiqarish va’dasi bilan uning qarindoshini 7000 dollarga chuv tushirgan.
Qayd etilishicha, firibgar tomonidan aldangan fuqarolardan biri uning ustidan huquq idoralariga murojaat qilishini aytgach, uni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Firibgarlik va qotillikda ayblangan sudlanuvchi 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi