O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — moliya vaziri Rustam Azimov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi etib tayinlanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, u Bosh vazir o‘rinbosari maqomini ham saqlab qoladi. Ya’ni Markaziy bank raisi lavozimi Bosh vazir o‘rinbosarligiga tenglashtirildi, deb yozadi tafsilot.uz nashri.
Muxbirlarimiz mazkur xabarga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi moliy vazirligiga qo‘ng‘iroq qildi. Vazirning matbuot kotibi Ilhom Yuldashev (239-88-93) bilan bog‘lanishni imkoni bo‘lmadi. Vazir qabulxonasiga (233-70-73) qo‘ng‘iroq qilganimizda, Rustam Azimov ayni paytda xizmat safarida ekani ma’lum qilindi. Vazir yordamchisi rahbarining boshqa ishga o‘tkazilgani haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi hamda bu xabarga oydinlik kiritish uchun peshindan keyin yana bir marta qo‘ng‘iroq qilib ko‘rishimizni so‘radi.
“Tafsilot.uz” O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining qabulxonasiga (233-68-29) qo‘ng‘iroq qildi. Rais yordamchisi bu xabarni izohlashdan bosh tortdi hamda Markaziy bankning matbuot xizmati bilan bog‘lanishimizni tavsiya qildi. Matbuot xizmati (212-60-52) bilan bog‘langanimizda, qo‘ng‘irog‘imizga javob bergan shaxs bu haqda ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi