O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Rossiyaning Turkiyadagi Elchisi Andrey Karlovning shafqatsiz suiqasd natijasida halok bo‘lgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.
«Biz har qanday shakl va ko‘rinishdagi terrorizm va ekstremizm harakatlarini qattiq qoralaymiz. Mazkur fojia hozirgi zamonning shunday noinsoniy tahdidlariga qarshi kurashish uchun xalqaro hamjamiyatning barcha kuchlarini birlashtirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi. Ushbu qayg‘uli kunlarda O‘zbekiston Rossiya xalqi bilan har tomonlama birdamligini bildiradi», deya qayd etilgan O‘zbekiston rahbari maktubida.
Davlat rahbari Rossiya diplomatining oila a’zolariga va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini etkazib qo‘yishni so‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi