9 606
Ombudsmanning yangilangan rasmiy sayti, virtual qabulxonasi va «Ishonch telefoni» taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning yangilangan rasmiy veb sayti (www.ombudsman.uz) va uning virtual qabulxonasi, shuningdek, «Ishonch telefoni»ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Internet-sayt zamonaviy rivojlangan axborot-kommunikasiya sohasidagi barcha tendensiyalarni o‘z ichiga olgan. Jumladan, u o‘zida Ombudsmanning virtual qabulxonasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot hamda inson huquq va erkinlarini amalga oshirishga oid savollarga javoblarni qamrab oladi. Virtual qabulxona orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar murojaat qilishi mumkin.
Sayt orqali Ombudsmanning fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti natijalari, qonunchilikni takomillashtirish, huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati yuzasidan muntazam ravishda axborot berib boriladi.
Saytda Ombudsman Kotibiyati va Ombudsmanning mintaqaviy vakillarining manzillari va telefon raqamlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar joy egallagan. Sayt materiallaridan o‘zbek, rus va ingliz tillarida, shuningdek, ko‘rish imkoniyati cheklangan fuqarolar foydalanishlari mumkin.
Yangilangan internet-sayt EXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori yordamida tayyorlandi.
Shuningdek, tadbir davomida Ombudsmanning murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha «Ishonch telefoni» ochilgani e’lon qilindi. Ariza, shikoyat va takliflar (0371) 200-10-96 va qisqa 1096 (respublika miqyosida bepul) telefon raqamlari orqali berilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi