6 742
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaralarni kesib o‘tishni soddalashtirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat organlari davlat chegaralarni kesib o‘tishni soddalashtirish ustida ishlamoqda. Bu haqda 23 dekabr kuni Qozog‘iston Erik Utembaev jurnalistlar ma’lum qildi, deb xabar berdi «Gazeta.uz» nashri.
Bu erda gap M-39 trassasidagi «Sirdaryo» va «Selinniy» o‘tkazish punktlari maqomini o‘zgartirish to‘g‘risida ketmoqda. Bundan tashqari, «Toshkent-Qazigurt», «Guliston-Atameken» va «Zangiata-Qoplonbek» o‘tkazish punktlari maqomi ham o‘zgartirilishi haqida gapirilmoqda, deb qayd etdi elchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat iqtisodiyotini inobatga olgan holda amaliy jihatdan mutlaqo yangi mintaqalararo hamda chegaraviy aloqalar va munosabatlar tizimini shakllantirish, shuningdek, chegaralarni ochish zarur.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning birinchi to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha o‘zaro mahsulot ayirboshlar hajmi 1,548 mlrd dollarni tashkil etdi. Qozog‘iston O‘zbekiston mahsulot ayirboshlashida 8,7 foizlik ulush bilan Xitoy (17,7 foiz) va Rossiyadan (17,2 foiz) keyingi uchinchi o‘rinda turibdi.
«Biroq ikki tomonlama hamkorlikning foydalanilmagan imkoniyatlari qolmoqda», — dedi Erik Utembaev. — Shuning uchun sentyabrdagi [ikki davlat prezidentlari] Nursultan Abishevich va Shavkat Miromonovich uchrashuvida yillik mahsulot ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga qadar oshirishga erishishga qaror qilingan edi".
Mazkur topshiriq 22 sentyabrda imzolangan savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi kelishuvga asos bo‘ldi. Hujjatga muvofiq, o‘zaro neft va neft mahsulotlari, elektrotexnika, mashinasozlik, avtomobilsozlik, farmasevtika va agrosanoat mahsulotlarini sotish singari yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikdagi savdo uylarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Qozog‘istonning «Bayterek» milliy xoldingi (Qozog‘iston korxonalarining tashqi savdosini moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi) va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Mamlakatlar rahbariyatiga mintaqalararo hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasin topshirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Qozog‘istonning «Azia-Avto», KazKioti, «SamAvto» va GM Uzbekistan zavodlarida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar, avtobuslar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda