Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijrochi direktori Kristin Lagard bugun, 14 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Men Siz va Sizning iqtisodiy jamoangiz O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va aholi moddiy farovonligini yuksaltirish yo‘lida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish borasida mamlakat iqtisodiyotini isloh etishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlaringizni astoydil ma’qullayman. Shuni ishontirib aytamanki, Sizning rahbarligingizda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini biz texnik ko‘maklashish va iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish orqali to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
Bir necha kun avval Xalqaro valyuta jamg‘armasi bosh qarorgohida jamg‘arma xodimlari bilan Sizning vakillaringiz valyuta siyosatini isloh qilish yo‘llari bo‘yicha dastlabki uchrashuv o‘tkazganidan g‘oyat mamnunman. Jamg‘arma xodimlari bu boradagi ishlarni davom ettirish uchun yaqin orada Toshkentga borishidan xursandman.
Sizning jamoangiz va XVJ xodimlari yaqin vaqtlarda O‘zbekistonda investisiya muhitini takomillashtirish maqsadida boshqa yo‘nalishlarda ham olib borilayotgan islohotlar orqali valyuta tizimini erkinlashtirishni qo‘llab-quvvatlashga doir keng ko‘lamli masalalarni, jumladan, iqtisodiy statistikani yaxshilash chora-tadbirlarini muhokama etishiga ishonaman. Bu hukumat va investorlarga asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Janob Prezident, O‘zbekiston amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida ulkan natijalarni qo‘lga kiritishiga qat’iy ishonaman va biz Sizni bu borada har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlayman.
Samimiyat bilan,
Kristin Lagard,
Xalqaro valyuta jamg‘armasi
ijrochi direktori
Kristin Lagard,
Xalqaro valyuta jamg‘armasi
ijrochi direktori
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi