Janubiy Koreya shaharlari ko‘chalariga mamlakat prezidenti Pak Kin Xening iste’foga ketishini talab qilib, kamida 2,3 mln kishi chiqdi, deb xabar bermoqda Korea Herald nashri. Namoyish muxolif partiya parlamentga prezidentni impichment qilish taklifini kiritgandan bir necha soat keyin boshlangan.
Seuldagi namoyishning o‘zida 1,7 mln dan ko‘proq odam ishtirok etdi.
"Namoyish ishtirokchilari prezidentga bosimni kuchaytirish va uni o‘z lavozimini ko‘ngilli tarzda tark etishi maqsadida prezident qarorgohidan 200 metr naridan o‘tdilar", deyilmoqda xabarda.
Yana 620 ming kishi Janubiy Koreyaning yirikligi bo‘yicha 2-shahari – Pusan va Kvanju ko‘chalariga chiqdilar.
Bu namoyish mamlakatda prezident iste’fosi talab qilib o‘tkazilayotgan 6-namoyishdir. Mutaxassislarning hisob-kitoblari to‘g‘ri bo‘lsa, 4 dekabrdagi namoyish mamlakat tarixidagi eng yirigi bo‘lgan.
Prezident impichmenti bo‘yicha ovoz berish 9 dekabrda bo‘lib o‘tadi. U bo‘yicha rezolyusiyani 171 deputat, jumladan uch muxolif partiyadan barcha deputatlar va mustaqil deputatlar qo‘llab-quvvatlagan. Janubiy Koreya prezidentining iste’foga jo‘natilishi uchun 300 deputatdan 200 nafari bunga ovoz berishi kerak.
Pak Kin Xe o‘zining yaqin dugonasi Chxve Sun Silga soyavonlik qilganlikda ayblanmoqda. Chxve Sun Sil yirik korrupsion mojaroga aloqadorlikda ayblanmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi