Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov binolarni restavrasiya qilish bo‘yicha loyihalari sharofati bilan «Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. «TASS»ga asoslanib «Daryo» yozishicha, mukofot Italiya prezidenti Serjo Mattarella tomonidan topshirilgan.
Xabar berishlaricha, Alisher Usmonov Moskvadagi 1924 yildan beri Italiya elchixonasi joylashgan Berg uyini, Kapitoliy muzeylaridagi Gorasiylar va Kuriasiylar zallarini, Kvirinal maydonidagi Dioskur favvorasi va Rimdagi Trayan forumini restavrasiya qilish loyihalarida ishtiroki uchun taqdirlangan.
«Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» Italiyaning eng oliy ordeni hisoblanadi. Alisher Usmonov — nafaqat Rossiya, balki xorijda ham keng miqyosli xayriya ishlarini olib boruvchi rossiyalik milliarderdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi