07:02 / 28.05.2017
13 801

Aholi soni bo‘yicha Xitoy ortda qoldirildi

Aholi soni bo‘yicha Xitoy ortda qoldirildi
AQShning Viskonsin universiteti professori I.Fusyan tadqiqot o‘tkazdi va Xitoy aholisi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanini aniqladi.

Uning hisobi bo‘yicha XXR aholisi rasmiy statistikada qayd etilganidan 90 millionga kam.

Agar olimning so‘zlariga ishonadigan bo‘lsak, hozirgi vaqtda Xitoyda 1,29 milliard kishi yashamoqda, 1,38 milliard emas.

I.Fusyan hisobiga qaraganda, Hindistonda esa 1,32 milliard kishi istiqomat qiladi.

Professor ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston aholi soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketgan va hozirda dunyo bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aholi soni bo‘yicha Xitoy ortda qoldirildi