Isroillik fermerlar kam sug‘orish yo‘li bilan sifatli pomidor yetishtirish usulini sinovdan o‘tkazishyapti. Yangi ishlanma an’anaviy navlar kultivatsiyasida talab etiladigan suvni 90 foizga tejash imkonini beradi, deb yozmoqda «O'zbekiston24» sayti.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, loyihaning afzalligi uning jazirama issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamliligida. Hozir tajriba maydonchasida 200 turdagi 40 mingta ko‘chat sinovdan o‘tkazilyapti. Mavsum boshida 3 hafta davomida sug‘orilgan ekinlar yoz oxiriga qadar biron marta ham suv ichgani yo‘q.
Laboratoriyada har yili 700 ga yaqin nav sinab ko‘rilib,eng samarali deb topilganlarining urug‘i ko‘paytiriladi. Shuningdek, zararkunanda hashoratlar va xar-xil kasalliklarga chidamli turlarni yetishtirish bo‘yicha xam ilmiy tajribalar o‘tkazilmoqda. Ayni yo‘nalishdagi tadqiqotlar ustida Yevropalik olimlar ham izlanishlar olib borishyapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi