Bir necha kun avval Qozog‘istonning Olma-ota viloyatida o‘zbekistonlik erkak o‘ldirildi. Iliyskiy tumanidagi shifoxonaga pichoq bilan yaralangan erkak keltirildi, ammo oradan 2 soat o‘tib jon berdi.
Olma-otada yashovchi yolg‘iz ayol o‘zbekistonlik erkakning qotilligida gumon qilinmoqda.
Erkak olib ketilgan uyning egasi – 30 yoshli ayol qo‘lga olindi. Olma-otalik ayolning aytishicha, u o‘zbekistonlik erkak bilan oila qurmoqchi bo‘lgan. Ayolning 2 farzandi bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol erkak bilan o‘zaro janjal kelib chiqqanini va erkakning o‘zi pichoq sanchishga majbur qilganligini aytgan.
Tergov tekshiruvlari vaqtida ayolning ko‘rsatmalari tekshiriladi.
Qotillikni sodir etganlikda gumon qilinayotgan ayolning so‘zlariga qaraganda, erkak o‘zini 27 yoshdaligini va O‘zbekiston fuqarosi ekanligini ma’lum qilgan.
Jabrlangan erkakning yonidan hech qanday hujjat topilmagan. Shu sabab avval uning shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi