17:39 / 14.02.2018
8 494

Dubayda "million dollar"lik kelin shaklidagi shokoladli tort tayyorlandi (video)

Дубайда "миллион доллар"лик келин шаклидаги шоколадли торт тайёрланди (видео)
BRIDE Dubai 2018 ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan mehmonlar uchun dubaylik dizayner Debbi Vingxem (Debbie Wingham) kelin shaklidagi qimmatbaho tortni tayyorladi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Tort nikoh ko‘ylagidagi kelin haykali shaklida tayyorlandi. Uning bo‘yi 180 santimetrni, og‘irligi esa 120 kilogrammni tashkil etdi. Tortni olib kelish uchun olti nafar yuk tashuvchi yollandi.

“Kelin”nni tayyorlash uchun 25 kilogramm shokolad, ko‘ylagi uchun esa 50 kilogramm qandolatchilik mastikasi kerak bo‘ldi. Ko‘ylakni besh mingta qo‘lda yasalgan rangli mastika va o‘r ming dona iste’mol qilish mumkin bo‘lgan marvarid bezab turdi. Bundan tashqari, bosh kiyimi uchun har birining narxi 200 ming dollar bo‘lgan beshta haqiqiy marvarid ishlatildi.

Butun karerasi davomida Vingxem narxi 16 million dollar bo‘lgan tufli, javohirlar bilan bezatilgan 4,8 million dollarlik ko‘ylak va qiymati 67 million dollar bo‘lgan nikoh tortlarini tayyorlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda "million dollar"lik kelin shaklidagi shokoladli tort tayyorlandi (video)