10:28 / 17.03.2018
4 279

Stiv Jobsning qizi otasi bilan murakkab munosabatlari haqida kitob yozmoqda

Stiv Jobsning qizi otasi bilan murakkab munosabatlari haqida kitob yozmoqda
Stiv Jobsning qizi Liza Brennan-Jobs otasi bilan munosabatlariga bag‘ishlangan memuarlarni yozayotgani haqida so‘zlab berdi. Kitob joriy yilning sentyabr oyida taqdim etiladi, deya xabar beradi Kun nashri.

Kitobda Brennan-Jobs otasi uning shaxs sifatida rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida so‘z yuritadi. Jurnalist ayol Apple asoschisi bilan u qadar oson kechmagan munosabatlarini ochib berishga harakat qiladi. Memuarlarni chop etadigan Grove Press nashri Brennan-Jobs tarixini yosh qiz va uning otasi o‘rtasidagi qarshilik haqidagi "achchiq" hikoya deb atamoqda.

Kitob do‘konlar rastalariga 4 sentyabr kuni chiqishi kutilmoqda. Uning muallifi, 39 yoshli jurnalist Liza Brennan-Jobs ishbilarmonning Krisann Brennan bilan munosabatlari natijasida dunyoga kelgan to‘ng‘ich qiz farzandi. Jobs uzoq vaqt otalik va hatto kompyuterni qizining sharafiga Apple Lisa deb ataganiga doir dalillarni inkor qilgan. Yillar o‘tgach Stiv Jobs qondoshlikni tan oldi, Lizani o‘z oilasiga ko‘chirib o‘tkazdi va uni Harvard universitetida o‘qitadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stiv Jobsning qizi otasi bilan murakkab munosabatlari haqida kitob yozmoqda