2017 yil noyabrida 11 shahzoda va to‘rt vazir hibsga olingach, Saudiya Arabistoni hukumati byudjetga qariyb 100 milliard dollarni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda qirollik valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Summa 100 milliard dollardan oshadi. Ammo asl maqsadimiz shunday yoki boshqa miqdordagi pul emasdi. G‘oya pul olishdan iborat emasdi, balki, poraxo‘rlarni jazolash va poraxo‘rlik ishlariga aralashganlar qonun oldida javob berishi haqida aniq signal yuborishdan iborat edi», — dedi u.
2017 yil noyabrida Saudiya Arabistonining Muhammad bin Salmon rahbarlik qiladigan korrupsiyaga qarshi milliy qo‘mitasi shahzodalar, oliy mansabdorlar va biznesmenlardan iborat qariyb 200 kishini hibsga olgandi. Ular pul yuvish, hokimiyatni suiiste’mol qilish va davlat mablag‘ini sarflab yuborishda ayblangandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi