Tailandda myanmalik 20 mehnat muhojiri avtobus yonishi oqibatida halok bo‘ldi. Avtobus noma’lum sababga ko‘ra yurib ketayotgan vaqtida yonib ketgan. Bu haqda Nation nashri xabariga tayanib Kun nashri ma’lumot bermoqda.
Ta’kidlanishicha, voqea Tak viloyatidagi trassada yuz bergan. Ikki qavatli avtobus Myanma chegarasidan Tailandning Patxum Txani viloyatidagi sanoat parklaridan biriga 47 muhojirni olib ketayotgan bo‘lgan. 30 mart soat 00:00da avtobus ichida yong‘in chiqqan.
Foto: AP
Yong‘inda omon qolganlarning aytishicha, yong‘in salon o‘rtasida yuzaga kelib, bir zumda avtobusning orqa qismiga o‘tgan va u yerdagi yo‘lovchilarga tashqariga chiqishga imkon bermagan. Haydovchi avtobusni to‘xtatgach, 24 yo‘lovchi, haydovchi, uning rafiqasi va ikkinchi haydovchi transport vositasini tark eta olishgan. Avtobusning orqa qismida bo‘lgan 20 kishi halok bo‘lgan.
Foto: The Nation
Haydovchi o‘t o‘chiruvchilarni chaqirtirgan. Ular yong‘inni tezda o‘chirishgan, biroq ichkarida qolib ketgan odamlarni qutqara olishmagan. Ayni vaqtda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi