Turkiyaning “Gulspor” futbol klubi yoshlar tarkibidagi 18 nafar futbolchisini sotib yuborib, ulardan tushgan 15 ming lira mablag‘ga 10 ta echki sotib oldi. Bu haqda “Tribune Dergi”ning “Twitter”dagi sahifasida e’lon qilingan.
Jamoa rahbariyati echki sutini sotish orqali 5 ming lira ishlab topmoqchi. Ta’kidlanishicha, barcha tushumlar klubning muhim ehtiyojlari uchun sarflanadi.
“Gulspor” rahbari Kenan Buyuklebeb “CNN”ga bergan intervyusida jamoaning manfaatini ko‘zlab ish tutganini aytgan. “Bizning daromadimiz oshadi. Biz jamoaning foydasini ko‘zlab ish tutdik, mamlakatdagi ishlab chiqarishga ham o‘z hissamizni qo‘shdik”,-degan u.
Shuningdek, u echkilarni ko‘paytirishlarini va olti yildan so‘ng echkilar soni 140 taga yetishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi