Avito eʼlonlar saytida oltin konlari sotuvga qoʻyildi. Maʼlum qilinishicha, xohlovchilar bir xil narxdagi oltin konlarini nafaqat Rossiya, balki xorijdan ham sotib olishlari mumkin.
Masalan, bir yarim milliard rublga Amur daryosida joylashgan 1445 kvadrat kilometr maydondagi oltin konlari taklif etilmoqda. Bu yerda oltindan tashqari, kumush va molibden zaxiralari ham mavjud. Qimmatbaho metalni qazib olish uchun litsenziya 2030 yilgacha amal qiladi va yana 15-20 yilga uzaytirish mumkin.
Xabarovsk oʻlkasining Ulch tumanidagi oltin konlari 950 million rublga sotuvga qoʻyilgan.
Chelyabinsk viloyatida esa oltin qazib olish bilan shugʻullanuvchi korxona 160 million rublga taklif etilmoqda. Oltoydan 65 million rublga 350 kilogramm tasdiqlangan oltin zaxirasiga ega konni sotib olish mumkin.
150 million rublga Zambiyadagi oltin, mis va boshqa foydali qazilmalar qazish bilan shugʻullanuvchi korxonaning ulushini sotib olsa boʻladi. Qazib olish maydoni qariyb 108 kvadrat kilometr. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi