Poytaxt ko‘chalarida avtomashinalar ko‘payib ketganligi uchun ba’zida piyodalarning yo‘ldan o‘tishi qiyin bo‘lib qoladi. Aksariyat haydovchilar to‘xtash mumkin bo‘lmagan joyga avtomashinalarini qo‘yib, odamlarning, boshqa mashinalarning o‘tishiga xalaqit qilishadi. Bunday holatlar uchun ham biror jazo bormi?”
Ra’no Zoirova, Toshkent shahri.
Alisher ABDUQODIROV, Toshkent shahar IIBning YHXB jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi inspektori, mayor:
— Bunday holatlarda yo‘lga noto‘g‘ri joylashtirilgan avtomashinalar harakatlanayotgan boshqa mashinalarga, piyodalarga xalaqit qilib, ularning xavfsizligiga tahdid soladi. Shuning uchun haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda avtoturargohlarga mashinalarini qo‘yishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (MJtK)ning 1286-moddasiga asosan yuqoridagi kabi holatlarga sabab bo‘lgan haydovchilar eng kam oylik ish haqining 3 barobarida ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Agar bu qonunbuzarlik haydovchi tomonidan bir yil davomida yana qayta sodir etiladigan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining 5 barobari va haydovchi qayta-qayta qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ysa, eng kam ish haqining 10, 15 barobari miqdorida jarima to‘laydi. Mas’ul shaxs qonunbuzar haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzadi. Agar noto‘g‘ri joylashtirilgan avtomobil transportlar harakatiga xalaqit qiladigan bo‘lsa, uning haydovchisi bo‘lmasa, mas’ul shaxs O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 291-moddasiga asosan transport vositasini tekshiruvdan o‘tkazish va qo‘lga olish huquqiga ega bo‘ladi. Avtomashina jarima maydonchasiga olib kelinadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi №149 sonli qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi