Chamasi bir qator raqamli texnologiya gigantlari pilotsiz avtomobil yaratishga jiddiy qiziqqan ko‘rinadi. Agar Google kompaniyasi mana bir necha yildirki pilotsiz o‘ziyurar avtomobillar ustida ish olib borayotgan bo‘lsa, avvalroq Apple firmasi ham avtomobilsozlik sohasiga kirib kelmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.
Kuni kecha Los-Anjeles (AQSh, Kaliforniya) shahrida o‘tkazilgan avtoshouda turli prosessorlar tayyorlashga ixtisoslashgan Intel kompaniyasining rahbari Brayan Krjanich pilotsiz avtomobil ishlab chiqilishi uchun 250 mln dollar sarmoya ajratilishi haqida ma’lum qildi. Qizig‘i shundaki, Intel avtomobilsozlar konferensiyada ilk marotaba ishtiroq etmoqda, bu esa uning mazkur loyihaga naqadar jiddiy yondashayotganini isbotlaydi.
Carzone.uz saytining yozishicha, Intel mazkur loyiha doirasida avtomobilga yangi raqamli texnologiyalarni ham qo‘llash maqsadida. Yuqori axborot texnologiyalari pilotsiz avtomobilning xavfsizligini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va transportning samaradorligini kuchaytiradi. Ba’zi prognozlarga ko‘ra, pilotsiz avtomobillar AQSh iqtisodiyotiga bir yilda 121 milliard dollar mablag‘ni tejab qolishiga imkoniyat yaratar ekan.
Intel’ning ba’zi texnologiyalari ayni vaqtda BMW, Daimler, Hyundai, Infiniti, Jaguar XF, Kia, Lexus, Mini Cooper, Rolls Royce, Toyota va Tesla kabi avtomobilsozlar tomonidan qo‘llanilib kelinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi