2017 yilning oxiridan boshlab Polsha hukumati avtomobil hujjatlari o‘rniga smartfondan foydalanmoqchi.
Polsha raqamli texnologiyalar vaziri Anna Strejinskaya haydovchilik guvohnomasi, texnik talon kabi hujjatlarning o‘rniga smartfonni amalga kiritmoqchiligini bildirdi. “Mobil hujjatlar” kelasi yilning bahorida paydo bo‘ladi, iyunning oxiridan esa elektron xizmat to‘laqonli ravishda ishlay boshlaydi. Oktyabr oyida tizimga haydovchilik guvohnomalari bazasi ulanadi. Boshqacha aytganda “prava”ni olib yurishga hojat qolmaydi.
Bundan tashqari Polshada avtomobilning qayddan o‘tkazilganligi kartochkasi va sug‘urta polisi hujjatlari ham kelasi yil oxirigacha bekor qilinadi. Ammo istovchilar plastik va qog‘oz blankalardan foydalanishni davom ettirishi mumkin.
“Mobil hujjat”ni tekshirish quyidagicha kechadi: fuqaro ism-sharifi va shaxsiy identifikasion raqamini (Polshada PESEL) aytgach, mobil telefoniga kelgan SMS kodni polisiyachiga ko‘rsatishi mumkin. Shundan so‘ng tartib posbonlari to‘xtatilgan haydovchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotni ko‘rib chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi