
O'zbekiston haydovchilari endilikda yo'l harakati qoidalarining mayda buzilishlari uchun jarimadan qochish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bu boradagi tegishli qonun Senat tomonidan tasdiqlandi.
Senat tomonidan ma'muriy ogohlantirish jazosi joriy etildi. Yo'l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish natijasida joriy yilning sakkiz oyi davomida yo'l-transport hodisalari umumiy soni 2,4 foizga, halok bo'lganlar soni 5,6 foizga, piyodalar ishtirokidagi hodisalar esa 1,6 foizga kamaydi.
Qonunda foto va video qayd materiallari asosida ma'muriy choralar ko'rish muddati belgilandi — qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmaslik lozim. Ushbu o'zgartirishlar ma'muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning davlat idoralariga bo'lgan ishonchini oshirish va avtomobil haydovchilari uchun qo'shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar