date

Burjingiz avtomobil tanlovingizni qanday yashirincha belgilaydi?

Burjingiz avtomobil tanlovingizni qanday yashirincha belgilaydi?

Avtomobil tanlayotganda “narxi qulay”, “yonilg‘i kam yeydi” yoki “sharhlari yomon emas” deb o‘zingizni oqlashingiz mumkin. Lekin haqiqat bir oz boshqacha. E’lonlarni varaqlayotgan paytingizda Mars o‘z joyida emas, Venera kayfiyatda, Merkuriy esa, albatta, retrograd bo‘lgan. Va shu lahzada bitta mashina ko‘zingizga boshqacharoq ko‘rindi. Go‘yo uni siz emas, kosmosning o‘zi tanlab bergandek.

Aslida esa burjingiz siz o‘ylaganingizdan ko‘ra avtomobil tanlovingizga ko‘proq ta’sir qiladi. Biz esa burjlarga mos avtomobillar bo‘yicha yengil, qiziq va hayotga yaqin astrologik qo‘llanma tayyorladik. Bu yerda ham Cobalt bor, ham BMW, hatto Xitoy avtosanoati vakillari ham chetda qolmagan. Kosmos adolatli.

Qo‘y
Qo‘y burji Mars ta’sirida — tezlik, impuls va keskin qarorlar ramzi. Qo‘y uchun sokin harakat — jazo bilan teng. Mashina gazni bosishingiz bilan o‘ylamasdan yurishi kerak. Ular uchun dinamika dizayndan ham muhim.

Buzoq
Buzoq Venera ta’sirida yashaydi, demak qulaylik birinchi o‘rinda. Yumshoq yurish, yaxshi izolyatsiya, salonning shinamligi — bular Buzoq uchun asosiy mezon. Quvvat bormi-yo‘qmi, agar mashina asabni buzmasa, yetarli.

Egizaklar
Merkuriy boshqaruvidagi Egizaklar uchun avtomobil — gadjet. Katta ekranlar, sensorli tugmalar, Bluetooth, kameralar — hammasi bo‘lishi shart. Ular “vaqtincha” deb olgan mashinani yillab haydashlari mumkin.

Qisqichbaqa
Oy ta’siridagi Qisqichbaqalar oila va xavfsizlikka ishonadi. Keng salon, bolalar uchun joy, yumshoq o‘rindiqlar — mana ularning ideali. Ot kuchidan ko‘ra, ichki muhit muhimroq.

Arslon
Quyosh boshqaruvidagi Arslon uchun avtomobil — imidj. U diqqatni tortishi, ko‘zga tashlanishi kerak. Ular rulda o‘tirganda ham sahnada yurgandek his qilishni yoqtiradi.

Parizod
Mantiq va tartib Parizodning hayot shiori. Ular yonilg‘i sarfi, xizmat ko‘rsatish xarajatlari va ishonchlilikni hisoblaydi. Texnik xizmat sanasini eslab qolish shart emas — ular allaqachon biladi.

Tarozi
Venera ta’siridagi Tarozilar uchun uyg‘unlik va dizayn muhim. Rang tanlashda uzoq ikkilanishlari mumkin. Agar mashina chiroyli bo‘lmasa, qanchalik yaxshi bo‘lishidan qat’i nazar, yurakka yoqmaydi.

Chayon
Mars va Pluton ta’siridagi Chayonlar kuchni his qilishni yoqtiradi. Ular nega aynan shu mashinani olganini izohlab o‘tirmaydi. Tanlov qilingan — demak, harakat boshlangan.

O‘qotar
Yupiter ta’siridagi O‘qotarlar doim yo‘lda. Ular ishga borish uchun ham sayohatga chiqqandek tayyorlanadi. Keng, baland, uzoq yo‘lga mos avtomobil — ular uchun eng yaxshi tanlov.

Tog‘ echkisi
Saturn boshqaruvidagi bu burj uzoq muddatli rejalar bilan yashaydi. Ular qimmat, sifatli mashinani olishlari mumkin, lekin bu haqda maqtanishmaydi. Ishonch — asosiy qadriyat.

Qovg‘a
Qovg‘alar texnologiyaga ishonadi. Elektromobillar, gibridlar, innovatsion yechimlar — bular ular uchun mantiqiy va to‘g‘ri. Qolganlar hali tushunmasa ham, ular allaqachon kelajakka chiqqan.

Baliq
Neptun ta’siridagi Baliqlar sokinlikni yoqtiradi. Mashina shovqinsiz, yumshoq va go‘yo o‘z-o‘zidan harakatlanayotgandek bo‘lishi kerak. Asabni buzadigan detallar — yo‘q.

Xulosa oddiy: siz kalitni qo‘lingizga olgan bo‘lishingiz mumkin, ammo rul ortida burjingiz o‘tirgan bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Burjingiz avtomobil tanlovingizni qanday yashirincha belgilaydi?