
O‘zbekistonda taksi xizmatlari narxi izchil ravishda oshib bormoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil noyabr oyida taksida yo‘l haqi oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan.
Bu kichik raqamdek ko‘rinishi mumkin, ammo yillik kesimda manzara ancha jiddiy. Yil boshidan buyon taksi xizmatlari narxi 7 foizga oshgan. O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda esa qimmatlashuv 12,2 foizni tashkil etgan.
Mutaxassislar bunday o‘sishni yoqilg‘i narxlari, texnik xizmat xarajatlari va bozordagi umumiy inflyatsion bosim bilan izohlamoqda. Shu bilan birga, yirik shaharlarda talab yuqori bo‘lib qolayotgani ham narxlarga ta’sir qilayotgan omillardan biri hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.