2018 yil 31 mayda Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 408-sonli qarori imzolandi.
Mazkur qarorga muvofiq, tashkiliy huquqiy shaklidan qat’iy nazar, barcha yuridik shaxslar, litsenziya asosida haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
O‘z navbatida, mazkur qaror bilan barchaga teng hamda shaffof talablar qo‘yildi.
Oldin, mazkur faoliyat bilan «Vatanparvar» nodavlat notijorat tashkiloti, «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik kompaniyasi, «Transkasb» uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Avtomotohavaskorlar ko‘ngilli jamiyati hamda «Avtotest Report» MChJ shug‘ullanishi belgilab qo‘yilgan edi.
Endi, amaldagi avtomaktablar joriy yilning 1 avgustiga qadar litsenziya talablariga moslashishi hamda litsenziya olishi belgilab qo‘yildi.
Undan tashqari, mazkur soha bo‘yicha mavjud bo‘lmagan, haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan yagona davlat talablari ham tasdiqlandi.
Mazkur Hukumat qarori, «Vatanparvar» nodavlat notijorat tashkiloti, «Transkasb» uyushmasi hamda normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi davlat elektron portali qatnashchilari tomonidan berilgan takliflar asosida ishlab chiqildi.
Demak, tadbirkorlik yana bir yo‘nalishi bugungi kunda ochildi hamda mazkur yo‘nalishdagi ishtirokchilarining ko‘payishi natijasida raqobat kuchayishi va xizmatlarning sifati oshishiga olib keladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi