5 102
“Oʻzavtosanoat”AJ : sunʼiy navbat va “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari boʻyicha tekshiruv oʻtkazilmoqda
“Oʻzavtosanoat” AJ maʼlum qilishicha, 2018 yilning 24 dan 28 avgustga qadar “GM Uzbekistan” AJ tomonidan 12 437 ta shartnomalar rasmiylashtirildi va undan tashqari xaridorlar tomonidan 1333 tasi rad etildi (shundan, 385 tasi Damas, 430 tasi Neksiya va 100 tasi Malibu avtomobillari).
Shu bilan birga, koʻngilsiz holatlar, yaʼni avtomobilga boʻlgan “sunʼiy” navbatlarni va ular boʻyicha “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari ham kuzatildi. Bu omillar boʻyicha kelgusida ularni kelib chiqishini bartaraf etish maqsadida tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Xaridorlar manfaatini koʻzlab navbatda turishning shaffofligini taʼminlash uchun kompaniya tomonidan avtomobillarga elektron ariza berish va shartnomani rasmiylashtirish tizimi qayta koʻrib chiqilmoqda. Yaqin kunlarda shu masalaga taʼluqli maʼlumotlar taqdim etiladi.
Dilerlik markazlarida noqonuniy ishlar sodir etilsa va xaridorlardan qoʻshimcha haq soʻrab zoʻravonlik qilinsa darhol (+99871) 141 77 77 telefon raqami orqali Call-sentrga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Bunda sizning murojaatingiz boʻyicha tezkor yechim topiladi. Barcha noqonuniy xatti-harakatlar alohida nazoratga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi