10:57 / 03.01.2020
3 249

YPX xodimi mobil kameraga yozilgan qoidabuzarlik tasvirini haydovchiga ko‘rsatishga majbur emas

YPX xodimi mobil kameraga yozilgan qoidabuzarlik tasvirini haydovchiga ko‘rsatishga majbur emas
Yo‘l patrul xizmati xodimlari mobil kamera bilan xizmat o‘tashni boshladi va shu munosabat bilan yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan haydovchilar va yo‘l harakatining barcha qatnashchilariga murojaat qilindi.

«Hurmatli yo‘l harakati qatnashchilari!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi nizom talablariga asosan 2020 yilning 1 yanvar kunidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining barcha YPX xodimlari xizmatni mobil kameradan foydalangan holda o‘tashni boshladilar.

Shu munosabat bilan, YPX xodimi Sizni to‘xtatib muloqotga kirishganda, mazkur muloqot mobil kameraga yozib olinishini, kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsangiz, aybingizni isbotlash uchun videoyozuvdan foydalanilishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Xodimlar tomonidan foydalanilayotgan mobil kameralar, xodimning yo‘l harakati ishtirokchilari bilan o‘zaro muloqotini tasvirga olib, ushbu muloqotning samimiy, xushmuomalalik asosida bo‘lishiga hamda ziddiyatli va noxush vaziyatlarni, shuningdek, korrupsiya holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.

Ayrim hollarda esa xodimning xatti-harakatlari ustidan ariza va shikoyatlar bildirilganida, ushbu videoyozuvlar holatga oydinlik kiritishga yordam beradi.

Shu o‘rinda fuqarolardan kelayotgan ayrim savollarga to‘xtaladigan bo‘lsak:
- mobil kameradan YPX xodimning yo‘l harakati qatnashchisi bilan muloqotini tasvirga olish uchun foydalaniladi;
- YPX xodimi haydovchiga, uning sodir etgan qoidabuzarligining videotasvirini ko‘rsatib berishga majbur emas;
- barcha xizmatga jalb etilayotgan xodimlar mobil kameradan foydalangan holda xizmat o‘taydilar. YPX xodimining mobil kamerasiz xizmat o‘tashiga yo‘l qo‘yilmaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 18-bandiga asosan yo‘l harakati qatnashchilari xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga egalar.

Ko‘rinib turibdiki, amalga oshirilayotgan bu sa’y-harakatlarning barchasi birinchi navbatda Siz uchun, Sizning xavfsizligingiz va qonuniy manfaatlaringizni himoyasi uchun amalga oshirilmoqda. Shunday ekan, yaratilayotgan sharoitlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishlaringizni, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash ishlariga munosib xissa qo‘shishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » YPX xodimi mobil kameraga yozilgan qoidabuzarlik tasvirini haydovchiga ko‘rsatishga majbur emas