Bugungi kunda avj olayotgan koronavirus sababli ko‘pgina avtomobil ishlab chiqaruvchilarda Xitoyda ishlab chiqariladigan ehtiyot qismlarni yetkazib berilishida muammo yuzaga kelgani sababli o‘z zavodlarida ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishdi.
Ushbu favqulodda vaziyat tufayli, Chevrolet Equinox avtomobilining yetkazib berilishi ham mintaqadagi epidemiya bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmagunga qadar kechiktirilishi mumkin.
Chevrolet Equinox avtomobilini sotib olish uchun shartnoma pulini to‘lagan va avtomobil yetkazib berilishi qayta tiklanishini kutishni istamagan mijozlar belgilangan tartibda to‘langan summani qaytarib olishlari mumkin. Shuningdek, UzAuto Motors dilerlik markazlaridan boshqa har qanday avtomobilni sotib olish uchun shartnomani almashtirishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Equinox avtomobili uchun shartnomalar 2019 yilning 27 dekabridan e’tiboran kuni UzAuto Motors kompaniyasining O‘zbekistondagi barcha dilerlik do‘konlarida boshlangan.
Kompaniya yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va mijozlarning tushunishidan umidvor. Mazkur avtomobilni yetkazib berishni qayta tiklanishi to‘g‘risida kompaniyaning rasmiy manbalarida xabar beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi