07:26 / 18.07.2020
1 927

Internetda vodorodda harakatlanadigan Hyperion superkarining navbatdagi tizeri paydo bo‘ldi

Internetda vodorodda harakatlanadigan Hyperion superkarining navbatdagi tizeri paydo bo‘ldi
Foto: Motor
Amerikaning Orinj shahridagi Hyperion Motors startapi XP-1 vodorod superkarining navbatdagi tizerini namoyish etdi. Biroq startap bu safar ham hech qanday tafsilotlarni oshkor etmagan, deb xabar beradi Motor.
Navbatdagi tizerda vodorod superkarining premerasi qachon o‘tkazilishi ma’lum qilingan — shu yilning avgust oyida.

Hyperion Motors firmasi haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Kompaniya vodorod generatsiyasiga asoslangan texnologiyalar va yoqilg‘i elementlariga oid agregatlarni yaratish bilan shug‘ullanadi, biroq faoliyatini hech qayerda e’lon qilmay keladi. XP-1 superkarining yuradigan prototipi 2015 yilda sinovdan o‘tkazilgan, ammo hozirgacha uning ishlash prinsipi noma’lumligicha qolmoqda. Kompaniya saytida esa «NASA texnologiyasi» va «oddiy yo‘llarda foydalanish mumkin bo‘lgan kosmik ixtirolar» to‘g‘risida so‘z boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Internetda vodorodda harakatlanadigan Hyperion superkarining navbatdagi tizeri paydo bo‘ldi