23:13 / 04.05.2024
171

Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi

Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Foto: frontiersin.org
So‘nggi 20 yil ichida arilar populyatsiyasi 90 foizga kamaydi. Ularning kamayishiga turli omillar, jumladan, pestitsidlardan foydalanish va shaharlarning rivojlanishi sabab bo‘lishi mumkin. Biroq, iqlim o‘zgarishi, ehtimol, eng katta omil.

Arilar sonining kamayishi jiddiy tashvish uyg‘otadi, chunki ular ekotizimlar uchun juda muhimdir. Ular gullar va ekinlarni changlatadi. Kichik o‘lchamiga qaramay, ular tabiatning nozik muvozanati uchun juda muhim.

Frontiers in Bee Science tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, global isish tufayli haroratning ko‘tarilishi butun dunyo bo‘ylab ari populyatsiyasining kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotning yetakchi muallifi Piter Kevan o‘z bayonotida shunday dedi: «Ba’zi ari turlari populyatsiyasi va tarqalish sonining kamayishi uyalar va nasllarning haddan tashqari qizib ketishi bilan izohlanishi mumkin. Chunki uyaning 35 darajadan yuqori qizib ketishi o‘limga olib keladi, garchi arilarning termoregulyatsiya qilish qobiliyati bo‘lsa-da».

Qayd qilinishicha, arilar uyadagi harorat 36 darajagacha bo‘lsa, omon qolishi mumkin, ammo uyalar uchun ideal harorat 28 dan 32 darajagacha.

«Haddan tashqari yuqori harorat ko‘pchilik hayvonlar va o‘simliklar uchun sovuq haroratdan ko‘ra ko‘proq zararli. Sharoitlar salqin bo‘lganda, tana haroratini metabolik tartibga solmaydigan organizmlar shunchaki sekinlashadi, lekin harorat juda yuqori bo‘lsa, metabolik jarayonlar buzilib, to‘xtay boshlaydi. O‘lim tez sodir bo‘ladi», dedi Kevan.

Shunga o‘xshash tadqiqotlar yana bir yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan, ammo muhim tur bo‘lgan asalarilarda o‘tkazildi, bu esa uyaning yuqori harorati malika ari salomatligiga tahdid solayotganini ko‘rsatdi. Shuningdek, issiqlik stressi asalarilar sonining umumiy qisqarishida asosiy omil ekani aniqlandi.

Biroq, olimlar vaziyatni yaxshiroq tushunishi uchun ko‘proq tadqiqotlar talab etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi