11:30 / 02.05.2024
505

Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi

Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Foto: TASS
Rossiya kuchlari 1 may kuni Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimoliy qismlarini egallagan. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Ukraina armiyasi Zaporoje viloyatidagi Rabotino ustidan nazoratni deyarli butunlay yo‘qotgan. Hududning shimoliy chekkasida Rossiya bayrog‘i allaqachon o‘rnatilgan.

Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati yetakchisi Vladimir Rogov rus qo‘shinlarining frontdagi ilgarilashi haqida birinchilardan bo‘lib ma’lum qilgan. Zaporojedagi muhim nuqtalaridan biri qo‘lga kiritilganini yozgan.

Rogovga ko‘ra, hozir Rabotinoda vayron bo‘lmagan birorta ham bino va xonadon qolmagan. Shu boisdan ham u yerdagi pozitsiyalarni mustahkamlashdan mantiq yo‘q.

Zaporoje frontidagi asosiy voqealar, albatta, Orexov yaqinida, ayniqsa, Rabotino hududida bo‘lib o‘tmoqda. U yerda uyushgan qarshilik harakati deyarli barbod bo‘ldi. Ukraina jangchilari qochib ketishdi: qochishga vaqt va imkoniyati bo‘lganlar qocha oldi. Hudud shimoliy chekkasida bayrog‘imiz ko‘tarildi”, — degan Rogov.

Joriy yilning fevral oyi oxirida Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya bo‘linmalari hujum operatsiyalari natijasida Rabotinoda mustahkam o‘rnashib olishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qilgandi. Yaqin vaqtgacha Ukraina armiyasi boshqa hududlardan qo‘shimcha kuchlarni olib kelib, yo‘qotilgan pozitsiyalarni qaytarib olishga urinib ko‘rgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi