Foto: Videodan kadrlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida yosh yigitlar Traverse mashinasini boshqarib kelib, YPX inspektorlari oldida sirena chalgani aks etgan videolavha tarqaldi. Navoiy viloyati IIB JXX YHXB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat joriy yil 28 aprel kuni soat 17:00 lar atrofida Navbahor tumanida joylashgan “Sarmishsoy” dam olish maskanidan chiqish joyida sodir bo‘lgan.
Shu kuni Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimlari – katta serjant D.Ne’matov hamda safdor G‘.Mavlonov dam olish maskanidan qaytuvchi fuqarolarning yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu hududda xizmat olib borayotgan vaqtlarida Traverse mashinasi haydovchisi xodimlarning oldiga harakatlanib kelib to‘xtab, ularning yonida tovush chiqaruvchi sirena moslamasidan foydalangani aniqlangan.
Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismi (tegishli ruxsatnomasiz tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Traverse mashinasi esa vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimlari – katta serjant D.Ne’matov hamda safdor G‘.Mavlonovning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi