12:20 / 25.01.2021
2 875

Yangi avloddagi Tracker’ning narxi ma’lum qilindi

Yangi avloddagi Tracker’ning narxi ma’lum qilindi
Joriy yilning 25 yanvar kunidan boshlab Chevrolet Tracker krossoveri o‘rnini yangi avloddagi Tracker egallaydi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» xabar bermoqda. Yangi Tracker panorama lyuk, LED chiroqlar va 8 dyuymlik sensorli ekranga ega bo‘lgan audiotizim bilan jihozlangan.

Mashinaning texnik xususiyatlari quyidagicha:
- zamonaviy uch silindrli ECOTEC turbomotor;
- aralash sikldagi yoqilg‘i sarfi 5,5 l/100 km, quvvati 123 ot kuchi;
- 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi;
- kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;
- yoqilg‘i sarfini tejashga mo‘ljallangan «STOP-START» intellektual tizimi;
- yangilangan va katta hajmli yukxona.

Yangi Tracker’ning narxi boshlang‘ich komplektatsiyada 145 mln so‘mdan boshlanadi. LT komplektatsiya esa - 193 043 478 so‘m.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yangi avloddagi Tracker’ning narxi ma’lum qilindi