Rossiya qo‘shini Ukraina hududiga bostirib kirganiga 108 kun bo‘ldi. Ajal qurollari tinch aholi yostig‘ini quritib, ma’mur shaharlarni kunfayakun qilayotgan bir paytda Kremlning asl maqsad-muddaosi nima degan savol tegrasida bahslar kuchaymoqda. O‘zbekistonlik tahlilchi va bloger Otabek Bakirov ham bu borada o‘z xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Eng asosiy xulosa shuki, hech bir tomon uzoq davom etadigan urushga hozirlik ko‘rmagan. Shuning uchun ham yo‘l-yo‘lakay qarorlar tobora ortib bormoqda. Va eng asosiysi – bu mening xususiy fikrim – Rossiya spetsoperatsiya rejasini tuzgan, urush rejasini emas. Spetsoperatsiyadan tugal maqsad, Ukrainani egallash emas, SSSRni tiklash bo‘lgan», – deb yozadi u.
Tahlilchiga ko‘ra, Kreml uch kunda Kiyev, Odessa, Xarkov ma’muriyatlarini egallash, prezident Vladimir Zelenskiy hukumatini jismonan yo‘q qilish yoki qochishga majbur qilish, Ukraina hokimiyatiga Viktor Yanukovichni keltirish, Belovej kelishuvini bekor qilish va SSSR tiklanganini e’lon qilishni ko‘zlagan.
«Spetsoperatsiyaga ko‘ra – bunga juda ko‘p belgilar ishora qiladi – 17 martlarga SSSRga asos solgan uch respublika nomidan Putin, Lukashenko va Yanukovich Belovej kelishuvini denonsatsiya qilishi, 1922 yildagi shartnoma bo‘yicha SSSR davlatchiligi qayta tiklanganini e’lon qilishi kerak bo‘lgan. Ramzlarning o‘rni Putin uchun juda katta ahamiyatga ega ekanini esdan chiqarmaymiz. Bu yil SSSR tashkil topganiga 100 yil bo‘ladi. 17 martda SSSRni saqlab qolish bo‘yicha referendum o‘tkazilgan. Unda, xususan, Ukraina SSR (70,2%), Belarus SSR (82,7%) va RSFSR (71,3%) ittifoqni saqlab qolish uchun ovoz bergan», – deya mulohazalarini davom ettiradi O.Bakirov.
Qayd etilishicha, urushning ilk haftalarida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ittifoqqa Ukrainadan keyin boshqa respublikalar ham baribir kirishga majbur bo‘lishi to‘g‘risidagi bayonotlari bilan maxsus operatsiyaning yakuniy maqsadini sizdirib turgan.
«Agar spetsoperatsiya muvaffaqiyatli kechganida, bu Putin siyosatining kvintessensiyasi bo‘lgan, ruslar uchun tarixda hamma xatolari unutiladigan Stalinu Pyotr Birinchilardan o‘tadigan qahramon o‘laroq qolgan bo‘lardi (yaqinda o‘zini bekorga Pyotrga mengzagani yo‘q). Lukashenko esa umrining oxirigacha kafolatlangan hokimiyatni saqlab qolardi. Urush cho‘zilayotgan ekan, Putin SSSRni tiklash rejasidan voz kechdimi degan savol tug‘iladi. Menimcha, yo‘q», – deb xulosa yasaydi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin kuni kecha yosh tadbirkorlar va kashshoflar bilan uchrashuvda Ukrainaga urush ochishdan maqsad xuddi imperator Pyotr Birinchi kabi Rossiyaning «tarixiy yerlari»ni qaytarib olish ekaniga ishora qildi.
SSSR parchalanishini XX asrning yirik geosiyosiy fojiasi deb biladigan V.Putin sobiq ittifoq borasida bir necha bor bahsli qarashlarini ilgari surgan.
Joriy yil fevral oyida Rossiyaning Ukraina hududiga qo‘shin tortib kirishi ortidan bayonot bergan AQSH prezidenti Jo Bayden Putinning rejalari Ukraina bilan chegaralanmasligi, u Sovet Ittifoqini tiklashga urinayotganini ta’kidlagan edi.
Mart oyida Germaniya parlamenti – Bundestagda nutq so‘zlagan kansler Olaf Shols ham Putinning Rossiya imperiyasini tiklashni ko‘zlaganiga shubha yo‘qligini qayd etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas