date

Qozog‘istonda virus keskin kuchaydi, maktablar vaqtincha yopila boshladi

Qozog‘istonda virus keskin kuchaydi, maktablar vaqtincha yopila boshladi

Qozog‘istonda o‘tkir respirator virusli infeksiyalar tez sur’atda avj oldi. Sog‘liqni saqlash vaziri Oqmaral Alnazarovaning ma’lumot berishicha, o‘tgan haftada mamlakat bo‘ylab 183 mingdan ortiq kishi ORVIga chalingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan mavsumga nisbatan 16 foizga ko‘p.

Vazir ta’kidlashicha, bu yil gripp mavsumi 41-haftada — odatdagidan ancha erta boshlangan. Mamlakatda yangi, avval tarqalmagan gripp turlari kuzatilmagan bo‘lsa-da, rinovirus, paragripp, adenovirus, koronavirus va boshqa bir qator viruslar faol tarqalmoqda.

1 sentyabrdan buyon qayd etilgan 1,4 million ORVI holatining 66 foizi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, homilador ayollar uchun xavfli sanalgan Gonkong grippi shtammi ham qariyb 600 nafar bemorda aniqlangan.

Kasallanish o‘sishi sabab, ayrim hududlarda masofaviy ta’limga o‘tish boshlandi. Sharqiy Qozog‘iston, Abay va Qo‘stanay viloyatlarida bir qator maktablar vaqtincha onlayn o‘qishga o‘tkazilgan. Masalan, Sharqiy Qozog‘istonda 23 maktabning 169 ta sinfi — jami 3015 o‘quvchi uyda ta’lim olmoqda.

Abay viloyatida ham vaziyat jiddiy. Bu hududda o‘quv yili boshidan beri 5558 bola ORVI bilan kasallangan, bu umumiy holatlarning 17,2 foizini tashkil qiladi. Yana 25 ta gripp holati ham qayd etilgan.

Qo‘stanay viloyatida esa ikki shaharda o‘quvchilar kasallik sabab onlayn o‘qishga o‘tkazildi. Qo‘stanay tumanida jami 72 ta sinfda an’anaviy darslar vaqtincha to‘xtatildi.

Bosh vazir O‘ljas Bektenov vazirlik va mahalliy hokimiyatlarga tibbiy xizmat sifatini qat’iy nazorat qilishni vazifa qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda virus keskin kuchaydi, maktablar vaqtincha yopila boshladi