AQSH O‘zbekiston kompaniyasiga kutilmagan sanksiya zarbasini urdi

1 daqiqa o'qish18K
AQSH O‘zbekiston kompaniyasiga kutilmagan sanksiya zarbasini urdi

AQSH Moliya vazirligining Tashqi aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan Datavice kompaniyasini “qora ro‘yxat”ga kiritdi. Vashingtonning rasmiy saytida qayd etilishicha, qaror Rossiyaning raqamli sektori bilan bog‘liq ayrim kompaniyalarni sanksiyaga tortish doirasida qabul qilingan.

Ma’lum qilinishicha, 19 noyabr kuni AQSH bir qator korporatsiyalar va jismoniy shaxslar kiberhujumlarda ishtirok etgani hamda mavjud cheklovlarni aylanib o‘tishda yordam bergani uchun yangi jazo choralarini e’lon qilgan. Bu CAATSA qonuni va Ukrainadagi vaziyatga munosabat sifatida qo‘llanilayotgan keng qamrovli sanksiyalar tizimining navbatdagi bosqichidir.

Datavice kompaniyasi joriy yil iyulda Toshkentda tashkil etilgan va 31 iyuldan buyon IT-Park rezidenti hisoblanadi. Orginfo ma’lumotnomalariga ko‘ra, Maksim Makarov korxona muassisi, rahbari va bosh hisobchisi sifatida ko‘rsatilgan. Kompaniyaning ustav kapitali 24 mln so‘mni tashkil etadi.

Sanksiya kiritilishi bilan Datavice va ro‘yxatga tushgan boshqa tuzilmalarning AQSH yurisdiksiyasidagi barcha aktivlari muzlatiladi. Shuningdek, ular bilan bog‘liq har qanday moliyaviy operatsiyalar qat’yana taqiqlanadi. Bu qoidalarni buzganlarga ikkinchi darajali sanksiyalar ham qo‘llanilishi mumkin.

Yangilangan ro‘yxatga Datavice bilan birga quyidagi kompaniyalar ham kiritilgan:

• Media Land (Rossiya)
• ML.Cloud (Rossiya)
• Kirishi (Rossiya)
• Media Land Technology (Rossiya)
• Hypercore (Buyuk Britaniya)
• Smart Digital Ideas Doo Cyber4 (Serbiya)

Bundan tashqari, ushbu tashkilotlar bilan bog‘liq besh nafar rossiyalik fuqaro ham cheklovlar ostiga tushdi. AQSH texnologik imkoniyatlar harbiy maqsadlarda yoki sanksiyalarga qarshi aylanma sxemalarda qo‘llanilayotganini ta’kidlab, nazorat yanada kuchaytirilishini ma’lum qilgan.

Xulosa qilib aytganda, Vashingtonning bu qarori mintaqadagi raqamli sohaga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?