Annalena Berbok
Foto: Global Look Press
Germaniya Ukrainaga qancha zarur bo‘lsa, shuncha vaqt pul va harbiy yordam ko‘rsatadi, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida.
- "Biz og‘ir qurollar yetkazib bermoqdamiz. Tushunaman, ukrainaliklar qurol yanada ko‘proq va tezroq yetkazilishini istaydi. Ammo hozirgi vaqtda birinchi navbatda zarur bo‘lgan o‘ta zamonaviy va amaliyotdagi tizimlar bizda ko‘p emas", — dedi Berbok va hozir harbiy sanoat bevosita Kiyev uchun ishlab chiqarilayotganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlin kelasi yozda ham Ukrainaga «do‘stlaridan» og‘ir qurollar kerak bo‘lishi mumkinligidan kelib chiqib, ish ko‘rmoqda.
- "Ukraina bizning erkinligimizni, dunyodagi tartibni himoya qilmoqda, biz esa uni qancha zarur bo‘lsa, shuncha vaqt moddiy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaymiz", — deb va’da berdi Germaniya TIV rahbari.
24 avgust kuni Berbok Ukrainaga qo‘shimcha qurollar kuzda yetkazilishi kerakligini aytgan va qurolli mojaro bu yil yakunlanmasligiga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgan. Shu bilan birga, u Bundesver zaxiralarida qurol yetishmasligini tan olgan. Bungacha Mudofaa vaziri Kristina Lambrext ham Bundesver zaxirasi deyarli tugab qolganini aytgan. Germaniya Kiyevga, jumladan uchta Mars II baravar o‘t ochuvchi reaktiv tizimlarni topshirgan.
Dastlab Germaniya Ukrainani og‘ir qurollar bilan ta’minlashni istamagan edi, biroq keyinchalik kansler Olaf Shols Rossiyaning harakatlari tufayli Berlin o‘z qarorini o‘zgartirishga majbur bo‘lganini aytdi. Uning qayd etishicha, Ukraina harbiylariga Germaniya qurolli kuchlarida hali ishlatilmagan qurollar ham berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin