date

Toshkentda internet orqali “geroin” tarqatmoqchi bo‘lgan ikki kishi qo‘lga olindi

Toshkentda internet orqali “geroin” tarqatmoqchi bo‘lgan ikki kishi qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida internet orqali giyohvandlik vositalarini tarqatishga uringan ikki kishi qo‘lga olindi, deb xabar berdi huquqni muhofaza qiluvchi organlar.

Ma’lum bo‘lishicha, ular messenjerlar orqali oldindan yuborilgan lokatsiya asosida daraxt ostiga yashirilgan geroinni izlab yurgan vaqtida qo‘lga olingan.

Tekshiruv jarayonida shaxslarning harakatlari va yozishmalari o‘rganilib, giyohvandlik vositalarini tarqatish sxemasi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ishlari davom etmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bunday holatlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishini eslatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda internet orqali “geroin” tarqatmoqchi bo‘lgan ikki kishi qo‘lga olindi