date

Nagelsmann: "Biz durang uchun o‘ynamaymiz"


Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jahon chempionati saralash bosqichi so‘nggi turida Slovakiya bilan bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi o‘yin haqida fikr bildirdi. Aynan ushbu bahs mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma taqdirini hal qiladi.

Jamoalar o‘z hisoblarida 12 ochkodan to‘plagan, ammo to‘plar nisbati Germaniya foydasiga bo‘lgani sababli ularga durang ham kifoya qiladi. Mazkur o‘yin dushanba kuni o‘tkaziladi.

"Men hech qachon jamoalarimni durang uchun o‘ynashga tayyorlamaganman. Biz o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Bu bizning standartlarimiz va shunday bo‘lishi kerak. Agar bugungidan yaxshiroq o‘ynasak, g‘alaba qozonishimiz mumkin", – dedi Nagelsmann Lyuksemburg ustidan 2:0 hisobida erishilgan g‘alabadan so‘ng bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya birinchi davrada Slovakiyaga safarda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nagelsmann: "Biz durang uchun o‘ynamaymiz"