Antaliyaning Manavgat tumanidagi masjidga jamoat bomdod namozini o‘qiyotgan paytda oyoq kiyimini yechmasdan kaltak ko‘tarib kirgan mast sayyoh mamlakatdan chiqarib yuborildi.
Voqea Gyundog‘du tumanidagi Xoji Ayshe Chetin masjidida sodir bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, mahalliy aholi bomdod namozini o‘qiyotgan paytda masjidga devordan sakrab kirgan rossiyalik sayyoh mast holda hovlidan topib olgan kaltagi bilan poyabzalini yechmasdan masjidga kirgan.
Erkak baland ovozdan bezovta bo‘lib masjid derazalarini yopishga harakat qilgan. Uning bu harakatlari masjid qo‘riqchilarining e’tiborini tortgan va u masjiddan olib chiqib ketilgan.
Voqea kuzatuv kameralari tomonidan yozib olingan.
Holat Manavgat tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlarigacha yetib borgan va mahalliy sud rus sayyohini mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgan. Rossiyalik sayyoh deportatsiya qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi