![Tramp Baydenni qattiq haqorat qildi](/uploads/posts/2023-04/920__95_3230641379.jpg)
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp amaldagi prezident Jo Baydenni 2021 yilda AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgani uchun ahmoq deb atadi.
Truth Social tarmog‘ida Tramp shunday yozgan: «Oq uydagi eng katta ahmoq Bayden boshchiligidagi mamlakatimizni muntazam ravishda vayron qilayotgan yaramaslarda yangi dezinformatsiya o‘yini paydo bo‘ldi – Afg‘onistonni berib yuborishda «Trampni ayblash», dedi siyosatchi.
Tramp, shuningdek, Baydenni Afg‘onistondan tinch aholini emas, harbiylarni birinchi evakuatsiya qilishga chaqirgani uchun ham aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 85 milliard dollarlik qurol-yarog‘ va texnikaning «Tolibon» qo‘liga o‘tishi, shuningdek, amerikalik askarlarning o‘limiga ham aynan amaldagi prezident aybdor.
«Buning uchun faqat Bayden aybdor, boshqa hech kim!» dedi Tramp.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar