Eron AQShga muzokaralar boʻyicha yangi taklif yoʻlladi

Eron AQShga muzokaralar boʻyicha yangi taklif yoʻlladi
Qisqacha

Eron AQShga yadroviy muzokaralarni vaqtincha kechiktirib, asosiy e'tiborni Hormuz bo'g'ozini ochish va harbiy harakatlarni to'xtatishga qaratish bo'yicha yangi diplomatik taklif yo'lladi. Tehron boyitilgan uran ishlab chiqarishni cheklash bo'yicha Vashington talablarini hozircha ortga surib, uzoq muddatli o't ochishni to'xtatish rejimiga erishishni ko'zlamoqda. Ushbu tashabbus mintaqadagi keskinlikni yumshatishga xizmat qilishi mumkin bo'lsa-da, bu holat AQShning asosiy bosim o'tkazish vositalari kamayishiga olib kelishi taxmin qilinmoqda.

Manbalarga tayanib berilgan maʼlumotlarga koʻra, Eron AQShga yangi diplomatik taklif yoʻllagan.

Unga koʻra, Tehron yadroviy muzokaralarning keyingi bosqichini vaqtincha kechiktirib, eʼtiborni boshqa masalalarga qaratishni taklif qilmoqda.

Xususan, Eron tomoni Hoʻrmuz boʻgʻozini ochish va harbiy harakatlarni toʻxtatish masalalarini ustuvor deb hisoblamoqda.

Maʼlum qilinishicha, Tehron AQShning boyitilgan uranni olib chiqish va uni ishlab chiqarishni 10 yilga toʻxtatish boʻyicha talablarini hozircha orqaga surishni soʻragan.

Bu orqali tomonlar oʻrtasida uzoq muddatli oʻt ochishni toʻxtatish rejimiga erishish maqsad qilingan.

Axios qayd etishicha, bunday ssenariy AQSH maʼmuriyati uchun asosiy bosim oʻtkazish vositalarining qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar