Afrikada suv manbai ustidagi mojaro qonli toʻqnashuvga aylandi

Chad sharqidagi Igote mintaqasida suv manbasi ustida kelib chiqqan nizo oqibatida kamida 42 kishi halok bo'ldi va 10 kishi jarohatlandi. Ikki oila o'rtasidagi oddiy janjal qasos olish harakatlariga aylanib, hududda keng ko'lamli zo'ravonliklarni keltirib chiqargan. Vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida mamlakat prezidenti hududga Bosh vazir o'rinbosari va Mudofaa vaziri boshchiligidagi yuqori darajali delegatsiyani yubordi. Hozirda hukumat ushbu uzoq yillik oilaviy nizoni bartaraf etish uchun sud jarayonlari va vositachilik choralarini ko'rmoqda.
Afrikaning gʻarbidagi Chad davlatining sharqiy hududida joylashgan Igote mintaqasida suv manbai ustidagi mojaro qonli toʻqnashuvga aylandi. Maʼlumotlarga koʻra, ikki oila oʻrtasida boshlangan nizo kengayib, natijada kamida 42 nafar inson halok boʻlgan, yana 10 kishi jarohat olgan.
Tchad Infos xabariga koʻra, oddiy janjal tez orada qasos olish harakatlari bilan kuchayib, butun hududda zoʻravonlikka sabab boʻlgan. Vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida mamlakat prezidenti Mahamat Idriss Debi Itno mintaqaga yuqori darajadagi delegatsiya yuborgan.
Ushbu missiya tarkibida Bosh vazir oʻrinbosari Liman Mahamat va Mudofaa vaziri Issaka Maloua Djamous ham ishtirok etgan.
Rasmiylarga koʻra, bu holat oddiy jamoalararo toʻqnashuv emas, balki uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan oilaviy nizo hisoblanadi.
Hukumat vaziyatni yumshatish uchun sud jarayonlari bilan birga vositachilik choralarini ham koʻrib chiqmoqda.






























Izohlar 0
…