Ochlik tufayli frontda dahshatli holatlar haqida xabarlar tarqaldi

Ommaviy axborot vositalarida Rossiya armiyasida oziq-ovqat tanqisligi jiddiy muammoga aylangani va ayrim holatlarda oʻta dahshatli voqealar yaʼni kannibalizm (odam yoki hayvonning oʻz turiga mansub boshqa individni yeyishi) holatlari kuzatilayotgani haqida xabarlar paydo boʻldi. Xususan, The Sunday Times nashri tarqatgan maʼlumotlarda front hududlarida xizmat qilayotgan ayrim harbiylar ogʻir sharoit sabab keskin choralarga murojaat qilgani aytilgan.
Nashrga koʻra, maʼlumotlar Ukraina harbiy razvedkasi tomonidan taqdim etilgan materiallar — foto dalillar va bir qator audioyozuvlarga asoslanadi. Ularda ayrim harbiylar orasida oʻzaro zoʻravonlik va inson qadr-qimmatiga zid kannibalizm holatlari qayd etilgani taʼkidlangan.
Mana shunday holatlar 2025 yil davomida Donetsk viloyati hududlarida roʻy bergani aytilmoqda. Xabarlarda ogʻir taʼminot muammolari, charchoq va ruhiy bosim oqibatida harbiylar orasida keskin (kannibalizm) holatlar yuzaga kelayotgani tilga olingan.
Shuningdek, tarqalgan audioyozuvlarda baʼzi ofitserlar shaxsiy tarkibning oziq-ovqat yetishmasligi va ogʻir sharoitdan shikoyat qilgani qayd etilgan. Baʼzi holatlarda esa qoʻmondonlar tomonidan intizomni saqlash maqsadida qatʼiy buyruqlar berilgani aytiladi.
Mutaxassislar fikricha, harbiy taʼminot tizimidagi uzilishlar va frontdagi ogʻir sharoitlar bunday holatlar haqidagi xabarlarning paydo boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin. Shu bilan birga, bu kabi maʼlumotlarni mustaqil manbalar orqali toʻliq tasdiqlash qiyin ekani ham taʼkidlanmoqda.
Umuman olganda, mazkur xabarlar urush sharoitida inson omili, taʼminot va ruhiy holat qanday muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor koʻrsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!