date

Tojikiston banknotasi xalqaro tanlovda e’tirofga sazovor bo‘ldi

Tojikiston banknotasi xalqaro tanlovda e’tirofga sazovor bo‘ldi

Tojikistonning 2025 yilda muomalaga kiritilgan 100 somoniylik banknotasi xalqaro maydonda e’tirof etildi. U nufuzli “Yil banknotasi” tanlovida dunyoning eng yaxshi pul belgilaridan biri sifatida nominatsiyaga kiritildi.

Xalqaro banknotalar jamiyati (IBNS) ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil davomida dunyo bo‘yicha qariyb 100 ta yangi banknota chiqarilgan. Shulardan faqat 17 tasi dizayn va texnologik jihatdan innovatsion deb topilib, final ro‘yxatiga kiritilgan.

Markaziy Osiyodan ushbu ro‘yxatda Tojikiston bilan birga Rossiya (1000 rubl) va Qozog‘iston (1000 tenge) banknotalari ham ishtirok etdi.

Milliy tarix va zamonaviy dizayn uyg‘unligi

100 somoniylik kupyura yorqin ranglar — ko‘k, moviy, pushti va yashil ranglarda ishlangan. Uning dizaynida Tojikistonning tarixiy merosi va davlatchilik ramzlari aks ettirilgan.

Banknotaning old qismida Ismoil Somoniy portreti hamda mashhur Somoniylar maqbarasi tasvirlangan. Shuningdek, Tojikiston gerbi va esdalik logotiplari ham joy olgan.

Orqa tomonida esa zamonaviy davlat timsollari — parlament binosi, davlat bayrog‘i hamda milliy va ingliz tillaridagi yozuvlar aks ettirilgan.

Kuchli himoya tizimi

Banknota yuqori darajadagi xavfsizlik elementlari bilan jihozlangan. Unda suv belgisi, rang o‘zgaruvchi effektlar, yashirin “100” raqami tushirilgan himoya tasmasi va murakkab geometrik naqshlar mavjud.

U Germaniyaning Giesecke & Devrient kompaniyasida chop etilgan bo‘lib, 2025 yil 30 oktabrda muomalaga chiqarilgan.

G‘oliblar ro‘yxati

Tanlov yakuniga ko‘ra, bosh mukofot Kyurasao va Sint-Martenning 200 guldenlik “suv osti” mavzusidagi banknotasiga nasib etdi. Keyingi o‘rinlarni Fiji va Zambiya banknotalari egalladi. Kuchli beshlikka Folklend orollari va Papua–Yangi Gvineya pul birliklari ham kirdi.

IBNS tanlovida nominatsiyaga kirishning o‘zi ham xalqaro miqyosda katta e’tirof hisoblanadi. Bu loyiha banknotani nafaqat to‘lov vositasi, balki san’at va milliy o‘zlik ramzi sifatida ham baholaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston banknotasi xalqaro tanlovda e’tirofga sazovor bo‘ldi