O‘zbekistonda nikoh barqarorligi yuqori ekani ma’lum bo‘ldi

O'zbekistonda nikoh barqarorligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. 2025 yilga kelib, nikoh barqarorligi koeffitsienti 175,6 promilni tashkil etadi, bu esa har 1000 ta nikohga o'rtacha 175 ta ajrim to'g'ri kelishini anglatadi. Mutaxassislar bu ko'rsatkichni xalqaro miqyosda past deb baholamoqda va O'zbekistonda oilaviy munosabatlar nisbatan mustahkam ekanini ta'kidlamoqda. Shuningdek, ayrim hududlarda, masalan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida nikohlar barqarorligi yuqori, Toshkentda esa ajrimlar darajasi nisbatan yuqoriroq ekanligi qayd etilgan.
2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda nikoh institutlarining barqarorligi yuqori ko‘rsatkichda saqlanib qolayotgani qayd etildi. “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etgan.
Bu raqam shunga ishora qiladiki, har 1000 ta tuzilgan nikohga o‘rtacha 175 ta ajrim to‘g‘ri keladi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur ko‘rsatkich xalqaro miqyosda past hisoblanib, O‘zbekistonda oilaviy munosabatlar nisbatan mustahkam ekanini ko‘rsatadi.
Taqqoslash uchun keltirilgan ma’lumotlarda ba’zi qo‘shni va MDH davlatlarida ajrimlar darajasi ancha yuqori ekani aks etgan. Jumladan, Moldovada (642,7), Ozarbayjonda (431,9), Qozog‘istonda (328,2), Qirg‘izistonda esa 289,6 promille ko‘rsatkich qayd etilgan. Bu holat O‘zbekistonda oilaviy munosabatlar barqarorligi nisbatan yuqoriroq ekanini tasdiqlaydi.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida nikohlar barqarorligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bu hududlarda ajrimlar soni boshqa mintaqa va shaharlarga nisbatan kamroq ekani kuzatiladi.
Shu bilan birga, Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ajrimlar darajasi nisbatan yuqoriroq ekani qayd etilgan. Mutaxassislar bu holatni shaharlashuv jarayonlari, ijtimoiy bosim va turmush tarzidagi o‘zgarishlar bilan izohlashmoqda.
“Tahlillardan ko‘rinadiki, mamlakatimizda ajrimlar darajasi ko‘plab davlatlarga nisbatan past bo‘lib, bu jamiyatda oilaviy qadriyatlar hali ham ustuvor ekanini anglatadi”, deyiladi institut xabarida.
Umuman olganda, statistik ma’lumotlar O‘zbekistonda nikoh instituti hali ham barqaror ijtimoiy tuzilma sifatida saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.






























Izohlar 0
…