date

Ayollar uchun bepul IT dasturi boshlandi

Ayollar uchun bepul IT dasturi boshlandi
O‘zbekistonda ayollarni axborot texnologiyalari sohasida rivojlantirishga qaratilgan bepul ta'lim dasturi — Digital Women in Focus ishga tushirildi. Loyiha IT asoslari bilan tanish bo‘lgan va professional ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan qizlarga mo‘ljallangan.

Ta'lim jarayoni yetti hafta davom etadi va unda besh nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin. Kurs davomida qatnashchilar xalqaro tajribaga ega mentorlar bilan ishlaydi, jamoaviy loyihalar ustida ishlashadi hamda ishga joylashish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi.

Shuningdek, ular portfel va rezyume tuzish, tavsiyalar olish va foydali professional aloqalar o‘rnatish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishadi. Dastur yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar va tavsiyalar taqdim etiladi.

Ariza topshirish uchun havola orqali murojaat qilish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ayollar uchun bepul IT dasturi boshlandi